QvonYordam markazi

Qanday qurilmalar kerak

Kassa, ofitsiant va oshxona Qvon POS dasturida ishlaydi, kabinet brauzerda ochiladi.

Qvon ikki qismdan iborat:

  • Qvon POS: kassa, ofitsiant, oshxona ekrani va berish ekrani uchun dastur. Windows kompyuter yoki monoblokka, Mac'ga, Android planshetga yoki iPad'ga o'rnatiladi. Internetsiz ishlaydi.
  • Qvon Office: egasining kabineti (menyu, ombor, hisobotlar, xodimlar). Istalgan kompyuter yoki telefondagi brauzerda qvon.uz/login manzilida ochiladi.

Nima qayerga qo'yiladi

  • Kassa: peshtaxtadagi Windows monoblok yoki kompyuter, yoki planshet.
  • Ofitsiant: Qvon POS o'rnatilgan telefon yoki planshet, PIN bilan kirish, faqat o'z stollari.
  • Oshxona ekrani: oshxonadagi planshet, yaxshisi ushlagichda.
  • Berish ekrani: kabinetdagi havola orqali Smart TV televizor yoki Qvon POS o'rnatilgan planshet.
  • Chek printeri: ixtiyoriy. Tarmoq printeri (IP orqali), Windows'da esa tizimga o'rnatilgan USB printer ham.

Maxsus uskuna sotib olish shart emas: sizda bor kompyuter va planshetlar yaraydi.

Qarang: Qvon POS'ni Windows'ga o'rnatish va Android planshetda Qvon POS.

Shu bo'limda yana

Javob topmadingizmi?

Bizga yozing, tushunishga yordam beramiz.

Qo'llab-quvvatlashga yozish